«kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi» tegli maqolalar


O‘zbekistonda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi
3 aprel 2024, 01:21

O‘zbekistonda mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar e’lon qilindi

O‘zbekistonda tashqi mehnat bozoriga kirishni osonlashtirish va o‘z vataniga qaytgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bunda mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe lavozimi joriy qilinadi, 24 soatlik Call-markazlar ochiladi, shuningdek, xarajatlarning bir qismi qoplanadi.

Kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi
27 iyul 2023, 10:31

Kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi. Mamlakatda 1,3 mln kambag‘al oilalar mavjud bo‘lib, kambag‘allik darajasi 14,1 foizni tashkil etdi. Yil yakunigacha ko‘rsatkich 12 foizga tushib, 1 mln aholi kambag‘allikdan chiqarilishi rejalashtirilgan.

“Yildan-yilga migrantlarning ketishi emas, qaytishi ortmoqda” — Behzod Musayev
7 iyul 2023, 19:31

“Yildan-yilga migrantlarning ketishi emas, qaytishi ortmoqda” — Behzod Musayev

Bandlik vaziri Behzod Musayev yildan-yilga o‘zbekistonlik migrantlarning mamlakatdan ketishi emas, qaytishi soni ortib borayotganini aytdi. Unga ko‘ra, migrantlar 2 mln nafarni tashkil etmoqda. 2022−2023-yillarda tashkiliy tarzda 60 ming kishi ishga jo‘natilgan va ularning o‘rtacha maoshi 1200 dollar bo‘lgan.

O‘zbekiston hukumatining kambag‘allikni qisqartirishdagi 4 ta asosiy yo‘nalishi ma’lum qilindi
19 may 2023, 17:20

O‘zbekiston hukumatining kambag‘allikni qisqartirishdagi 4 ta asosiy yo‘nalishi ma’lum qilindi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hukumatning kambag‘allikka qarshi kurashishdagi asosiy yo‘nalishlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini isloh qilish, qishloqlarda tadbirkorlikni yaxshilash, infrastrukturani rivojlantirish hamda urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.

“O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi muttasil ravishda kamaymoqda” — Jamshid Qo‘chqorov
18 may 2023, 23:16

“O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi muttasil ravishda kamaymoqda” — Jamshid Qo‘chqorov

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov mamlakatda kambag‘allik darajasi kamayib borayotgani, biroq aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilangina uni qisqartirib bo‘lmasligini ta’kidladi. “Kambag‘allikni qisqartirish barcha vazirliklarning asosiy masalasiga aylansa, barqaror natijalarga erishamiz”, — dedi u.

Toshkentda ikkinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi
13 aprel 2023, 12:54

Toshkentda ikkinchi inklyuziv biznes-forum bo‘lib o‘tadi

27-aprel kuni Toshkentda gibrid formatdagi ikkinchi inklyuziv biznes-forum o‘tkaziladi. Unda biznes va tadbirkorlikda inklyuziv mehnat amaliyotini muvaffaqiyatli joriy etish, to‘siqlarsiz mehnat muhitining odamlar, kompaniya va jamiyat muvaffaqiyatiga ta’siri hamda boshqa mavzular muhokama qilinadi.

Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi
11 aprel 2023, 11:35

Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi

2022-yilning oxirida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Nozim Xusanov lavozimidan ozod etildi. Uning nima sababdan ishdan ketgani hozircha ma’lum emas.

O‘zbekistonda ma’muriy islohotlar doirasida davlat muassasalarida ishdan bo‘shatish vaqtincha to‘xtatildi
30 mart 2023, 20:16

O‘zbekistonda ma’muriy islohotlar doirasida davlat muassasalarida ishdan bo‘shatish vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda shtatlarni qisqartirishni ko‘zda tutgan ma’muriy islohotlar doirasida davlat organlarida ishdan bo‘shatish vaqtincha to‘xtatildi.

Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi sifatida ish boshlaydi
24 fevral 2023, 12:32

Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi sifatida ish boshlaydi

Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritadi. Vazirlik rahbariyati olimlar bilan uchrashdi. Ular dastlab hududlardagi holatni o‘rganadi. So‘ng ilmiy yondashuv asosida kambag‘allikdan chiqish bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi.

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 1,3 mln nafari ishsiz qolmoqda — Behzod Musayev
23 fevral 2023, 11:04

O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 1,3 mln nafari ishsiz qolmoqda — Behzod Musayev

Bandlik vaziri Behzod Musayevning ta’kidlashicha, mamlakatda mehnatga layoqatli aholining 1,3 mln nafari ishsiz. 2022 yilda qashshoqlik darajasi 17 foizdan 14,1 foizga tushgan, 2023 yilda bu ko‘rsatkichni 12 foizgacha kamaytirish kutilmoqda. Iqtisodchi hamda bloger esa vazirning bayonotiga ishonchsizlik bildirdi.

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
31 yanvar 2023, 18:21

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Erkin Muxitdinov, Jamshid Abruyev va Ra’no Turdiboyeva kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosarlar etib tayinlandi. Ozoda Parpibayeva Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Mirzoxid Ubaydullayev esa Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting